Angliyadagi eng baquvvat futbolchi jamoasini o‘zgartiradigan bo‘ldi
“Barselona” tarbiyalanuvchisi Adama Traore bir necha mavsumdan beri o'n yildan beri taqdirini Angliya klublari bilan bog‘lagan. Oradan bir mavsum Kataloniya superklubida ijaraga borib kelganini inobatga olmaganda, uning professional faoliyati APLda davom etmoqda.
Ayni paytda “Fulxem” sharafini himoya qilayotgan ispaniyalik futbolchi yana jamoasini o‘zgartirishni rejalashtirmoqda.
Bu haqida Daily Mail nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Vest Xem” bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu joriy mavsum oxirida erkin agentga aylanadigan baquvvat futbolchini o‘z jamoasiga chaqiryapti. Vaziyat yanvar oyidagi transfer oynasining dastlabki kunlarida hal bo‘lishi kutilmoqda.
29 yoshli Traore 2023 yildan beri “Fulxem”da o‘ynayapti. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda 16 ta o‘yinda ishtirok etdi, ammo biror marta ham gol ura olmadi. Uning hisobida faqat bitta golli uzatma bor. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, Traorening narxi sakkiz million evroni tashkil qiladi.
Fikrlar