
"Anje" PSJdan 6 ta gol qabul qilib oldi (video)
Frantsiya chempionatining 6-turida amaldagi chempion PSJ o‘z maydonida “Anje”ni qabul qildi.
“Park de prens”da kechgan bellashuv 6:1 hisobida mezbonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi. Parijliklar safida gollarni Alessandro Florentsi (7'), Neymar (36', 47'), Yulian Draksler (57'), Idrissa Geye (71'), Kilian Mbappe (84') kiritdi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar