
Ankalaev chempionni nokautga uchratishga va’da berdi
UFC ning yarim og‘ir vazn toifasi reytingida 2 o‘rinni egallab turgan Magomed Ankalaev(18-1-1-1 N/C) chempion Aleks Pereyra(11-2)ni nokaut qilishga va’da berdi.
"Tabriklayman, chempion. Men juda ta’sirlandim. Dana Uayt har doim MMA - bu imkoniyatlar sporti ekanligini ta’kidlagan. Men o‘z imkoniyatimni xohlayman. Ishonamanki, men seni nokaut qilaman. Ikki yil oldin Pereyra men bilan jang qilishga tayyor emasligini aytgandi. Bugun men uchun u, u uchun men diviziondagi eng xavfli raqiblarmiz”, – deb yozadi Ankalaev X da.
Eslatib o‘tamiz, 30 iyun kuni "UFC 303" turnirida Pereyra Irji Proxazkani ikkinchi raunddayoq nokautga uchratdi.
Fikrlar