Anri APL tarixidagi eng yaxshi legioner deb topildi

  • 24 mart, 2019, 14:06
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Arsenal" va Frantsiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Terri Anri Angliya Premer-ligasi tarixidagi eng yaxshi xorijlik futbolchisi deb topildi.

Tecno

BBC nashri bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Anri o‘tkazilgan so‘rovnomada 45 foiz ovoz to‘plagan holda "Manchester Yunayted"ning sobiq ikki a’zolari Krishtianu Ronaldu (14%) va Erik Kantona (12%)ni ortda qoldirdi.

Ma’lumot uchun, Terri Anri "Arsenal" safida 258ta uchrashuvda maydonga tushgan va 175 bor gol urgan. Shuningdek, Anri to‘pchilar" bilan ikki bor Angliya Premer-ligasida g‘olib chiqqan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!