Anri: "Isak APLdagi eng yaxshi hujumchilardan biri, ammo uning ketish istagi klubni qiyin ahvolga solmoqda"

  • 26 avgust, 23:25
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Terri Anri Aleksander Isakning "Nyukasl"dan ketish istagiga to‘xtalib o‘tdi.

Tecno

"Uning o‘tgan mavsumdagi o‘yinlariga qaraganda, u Xoland bilan raqobatlasha oladi. Menimcha, u hozirda ligadagi eng yaxshi hujumchilardan biri, balki eng yaxshisi ham. Shuning uchun "Nyukasl"da g‘am-andӯh bor — ular liganing deyarli eng kuchli forvardini yo‘qotish arafasida.

Isak to‘p bilan ham, undan tashqarida ham juda ko‘p narsa beradi, hujumlarni yakunlashda ham mahoratli. Agar futbolchi juda yaxshi bo‘lmasa va klub uning ketishini istasa, hech kim afsuslanmaydi. Ammo Isakning holati boshqacha, shu bois muxlislarni ham, klubni ham tushunish mumkin.

Futbolchi mashg‘ulotga chiqmaganini odamlar tushunmasligi tabiiy. Balki "Nyukasl" unga bir gap aytgandir, u boshqacha javob bergandir — aslida nimalar bo‘lganini hech qachon to‘liq bilmaymiz. Ammo bir narsani ayta olaman: mashg‘ulotdan bosh tortish to‘g‘ri yo‘l emas.

Menimcha, ideal holatda u ketishi hamma uchun ma’qul bo‘lardi. Lekin agar bu xatolik deb hisoblansa va Isak kechirim so‘rab, o‘tgan mavsumdagidek gol urishda davom etsa, "Nyukasl" muxlislari yana undan mamnun bo‘lishadi", — dedi "Arsenal"ning sobiq forvardi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!