Antoni "Galatasaray"ga qarshi o‘ynashi mumkin

  • 2 oktabr, 2023, 18:29
  • 0
  • Futbol

Erik ten Xag "Galatasaray" va "Manchester Yunayted" o‘ratsidagi Chempionlar ligasi guruh bosqichida Antoni ishtirok etishi mumkinligini gapirdi.

"Antoni "Galatasaray"ga qarshi o‘ynay oladi. Biz bu imkoniyatni ko‘rib chiqyapmiz. Muammo shundaki, u faqat bir marta jamoa mashg‘ulotlarida qatnashgan. Bugungi guruh yig‘inlaridan so‘ng qaror qabul qilamiz", - dedi ten Xag matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, Antoni avvalroq “Manchester Yunayted” tomonidan diskvalifikatsiya qilingan edi. Bir yil avval braziliyalik vinger "qizil iblislar"ga 95 million evro evaziga kelib qo‘shilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!