Antoni Manchesterdagi hayotini yaxshi so‘zlar bilan eslamadi!

  • 27 may, 13:35
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hozirda "Betis" jamoasida o‘ynayotgan braziliyalik qanot hujumchisi Antoni "Manchester Yunayted"dagi davri haqidagi og‘ir xotiralarini baham ko‘rdi. Futbolchi ma’lum bir paytda o‘yindan butunlay zavq olmay qolganini va ruhiy tushkunlik chegarasiga etib borganini tan oldi. 
 
"Betis"ga o‘tish menda ko‘p narsani o‘zgartirdi. Men shunchaki o‘zimni qaytadan topishni xohlardim. Angliyada hayotim ustidan nazoratni yo‘qotayotganimni his qilardim. Na baxt, na futbol o‘ynash istagi bor edi. O‘zimni uddalay olmayotgandek his qilardim" - dedi Antoni "Daily Mail" gazetasiga bergan intervyusida. 
 
O‘yinchining so‘zlariga ko‘ra, u bir paytlar shunchalik tushkunlikka tushganki, hatto o‘z farzandiga ham e’tibor bera olmagan: 
 
"Men uyda holsiz o‘tirardim, o‘g‘lim bilan o‘ynay olmasdim, ovqat emasdim, kunlar davomida xonaga qamalib olardim. Bu juda azob edi. Akamga boshqa chidolmasligimni aytardim. U meni sabr qilishga undardi. Bu suhbatlar meni yig‘latardi" - deya qo‘shimcha qildi braziliyalik futbolchi. 
 
Antoni 2025 yil qishida "Manchester Yunayted"ni tark etib, "Betis"ga ijaraga o‘tdi va u erda asta-sekin o‘z o‘yinini tiklamoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!