
Antonio Konte "Napoli" bosh murabbiyiga aylandi
Italiyalik taniqli mutaxassis Antonio Konte faol murabbiylik faoliyatiga qaytdi.
Ma’lum tanaffusdan keyin ushbu murabbiy yana Italiya chempionatida ish boshlaydi. Bu safar u A seriyaning nomdor jamoalaridan biri “Napoli” bosh murabbiyiga aylandi.
Bu haqida klub rasmiy sayti rasman e’lon qildi. Tomonlar 2027 yilning iyun oyiga qadar shartnoma imzoladilar.
Ma’lumot uchun, Kontening oxirgi ish joyi “Tottenxem” klubi bo‘lgandi.
Fikrlar