Anvar Berdiev "Buxoro"da ish boshladi!

  • 23.02.2021 20:21
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Oxirgi paylarda “Buxoro” klubida bosh murabbiy o‘zgarishi haqidagi xabarlar ko‘pchilikning e’tiborida bo‘lib turgandi. Chunki amalda klubni boshqarib kelayotgan Davron Fayziev iste’foga chiqarilishi va o‘rniga Anvar Berdievning tayinlanishi taxmin qilinayotgandi.

Nihoyat, barchasi hal bo‘ldi. “Buxoro” klubi matbuot xizmatining xabariga qaraganda, Anvar Qurbonovich Berdiev jamoada yordamchi murabbiy sifatida ish boshladi. Bu esa Davron Fayzievning iste’foga chiqarilmaganligini bildiradi. Endilikda, Berdiev Fayzievga yaqindan ko‘maklashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!