Anvar Berdiev "Istiqlol"ni tark etdi. Ertaga Buxoroga yo‘l oladi
“Buxoro” klubida yana bosh murabbiy o‘zgaradigan bo‘lib turibdi. Yanvar oyida ish boshlagan Davron Fayzievning ushbu lavozimdan iste’foga chiqarilishi aytilmoqda.
Hozircha bunga nima sabab ekanligi bizga qorong‘u. Ammo uning o‘rnida Farg‘onaning “Istiqlol” klubini boshqarib kelayotgan Anvar Berdiev ishlashi deyarli aniq bo‘lib ulgurgan ko‘rinadi. Negaki, u "Istiqlol" bilan xayrlashdi.
Chunki sports.uz muxbirining Berdiev bilan ushbu masala bo‘yicha gaplashganida chindan ham "Buxoro" klubidan taklif bo‘lganini tasdiqladi. Shu sababli ertaga Buxoroga ketayotganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Shuningdek, Anvar Berdievga murabbiylar shtabida Sergey Lebedevning yordamlashishi ham kutilmoqda. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.
Fikrlar