Anvar Berdiev: "Qo‘pol xato evaziga gol o‘tkazdik"

  • 8 oktabr, 2024, 08:19
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Proliganing qoldirilgan 20-turidan o‘rin olgan «Olimpik MobiUZ» - «Sho‘rtan» (1:1) uchrashuvidan so‘ng g‘uzorliklar bosh murabbiyi Anvar Berdiev bellashuv haqida fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Yaxshi futbol ko‘rsatdik. Birinchi bo‘limdan golli vaziyatlar yaratdik. Zoirovning uzatmasdindan so‘ng Hasanovda yaxshi vaziyat yuzaga keldi. Nuriddinovda ham golli imkoniyat bo‘ldi. Afsuski, vaziyatlarni golga aylanira olmadik.

Ikkinchi bo‘limda qo‘pol xato evaziga gol o‘tkazib yubordik. Lekin tezkorlik bilan vaziyatni o‘nglab oldik. Ammo boshqa yaratilgan imkoniyatlarni gol bilan yakunlashga bizga biroz sovuqqonlik etishmadi", - deydi Berdiev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!