Anvar Boynazarov Nyu-Yorkda mag‘lub bo‘ldi
Muay tay bo‘yicha ikki kara jahon chempioni Anvar Boynazarov (2-2-0, KO1) Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi janggini o‘tkazdi. “GLORY 48” turniri chempionlik kamari uchun kechgan bellashuvda hamyurtimiz unga amerikalik Kevin van Nostrand (4-1-0, KO2) bilan kuch sinashdi.
Qiziqarli o‘tgan qarama-qarshilikni o‘z ustunligi bilan boshlagan Boynazarov raund so‘nggida jangni davom ettira olmadi va yakunda amerikalik sportchiga mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, sportchimiz bundan oldingi jangini oktyabr oyi so‘nggida Frantsiyaning Lion shahrida “GLORY 47” turniri doirasida o‘tkazgan edi.



Fikrlar