Anvar Soliev "Neftchi"da ish boshladi

  • 17 yanvar, 2021, 10:52
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Ko‘pchilikka o‘zining "Paxtakor", "Navbahor", "Bunyodkor" jamoalari va O‘zbekiston milliy terma jamoasidagi yorqin o‘yinlari orqali yaxshi tanilgan futbolchi, qolaversa Ilhom Mo‘minjonov bilan birgalikda "Paxtakor" yoshlar jamoasida yordamchi murabbiy, "Navbahor" va "Surxon" klublarida maslahatchi murabbiy bo‘lib birga ishlagan Anvar Soliev endilikda "Neftchi" murabbiylar shtabida ish boshladi. 

Klub matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, Anvar Soliev Ilhom Mo‘minjonovga yordamchi murabbiy sifatida ko‘maklashadi.

Shu o‘rinda "Neftchi" jamoasida tayyorgarlikning Toshkentdagi birinchi bosqichi yakunlandi va jamoa a’zolari Farg‘onaga qaytib keldilar. Mavsumga tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi Farg‘onada davom ettiriladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Кахрамонжон Сафаров
17/01/2021 12:18
НЕФТЧИни тарихий бетакрор галабали буюк юришларини кайтариб Фаргона колаверса Узбекистонлик энг зур мухлисларига 20-асрдаги салобатини кайтаришга бел боглаган барча муррабий ва рахбарларга тассанно бу бошлаган хайрли ишларингиз бароридан келиб севимли жамоамиз НЕФТЧИ уз уйинлари билан УЗБЕКИСТОН номидан таратиб ОСИЁ керак булса Дунё Футбол майдонларида УЗБЕК БАЙРОГИни баланд хилпиратиб туришини ОЛЛОХдан сураб коламиз , Омад сизларга ёр булсин , ОЛГА НЕФТЧИ
UFC UZBEKISTAN
17/01/2021 11:40
Биз айтгандик, биз билгандик, биз кутгандик)))
Zafarbek Yuldoshev
17/01/2021 11:05
Neftchini qaytishini orziqib kutyapmiz