
APL. "Arsenal" EChL yo‘llanmasi uchun favorit
APL 36-turidan o‘rin olgan "Arsenal" - "Lids" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
5 va 10-daqiqalarda Nketia gol urdi. 66-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Lorente hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, "kanonirlar" ochkolari sonini 66 taga etkazib oldi. 34 ochkosi bor "Lids" 18-pog‘onani band etgan.
Fikrlar