APL. "Arsenal" so‘nggi daqiqalarda urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi

  • 25 fevral, 2022, 02:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 18-turidan o‘rin olgan qoldirilgan o‘yinda "Arsenal" o‘z maydonida "Vulverxempton"ni qabul qildi. Mazkur bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Dastlab, 10-daqiqada Xvang uchrashuvda hisobni ochdi. 82-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Pepe muvozanatni tikladi. O‘yinning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan daqiqalarda Lyakazett jamoasiga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.

Mazkur durangdan so‘ng "kanonirlar" hisobidagi ochkolar sonini 45 taga etkazib olgan holda, APL turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 40 ochkosi bor "bo‘rilar" 7-pog‘onadan joy olgan. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!