APL. De Xea chempionat tugamasidan "Oltin qo‘lqop"ni o‘ziniki qildi (foto)

  • 13 may, 2023, 21:45
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" darvozaboni David De Xea APLda eng ko‘p quruq o‘yin o‘tkazgan darvozabonga aylandi. Musobaqa yakunlanishiga 2 tur qolganida posbon "Oltin qo‘lqop" sovriniga ega chiqdi. 

De Xea joriy mavsum 16 o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan. Uning ta’qibchilari Alisson, Nik Poup va Aaron Remsdeyl esa 13 bora bunday natijani bajara olgan. Ular qolgan o‘yinlarda quruq o‘yin o‘tkazishni eplasa ham Davidga etib ola bilmaydi. 

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum "Oltin qo‘lqop" Alisson va Edersonga nasib etgan. Ularning ikkalasi bir xil 20 ta o‘yinda darvoza dahlsizligini saqlab qolgan.

dexea_1

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!