APL futbolchisi Fayzullaevning jamoadoshiga aylanishi mumkin

  • 27 avgust, 2024, 18:09
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yurtdoshimiz Abbosbek Fayzullaev to‘p surayotgan TsSKA klubi “Brentford” yarim himoyachisi Frenk Onekani ijaraga olmoqchi. Bu haqida BBC xabar bermoqda.

Tecno

Manbada yozilishicha, ingliz klubi futbolchini sotmoqchi. Uchta ispan klubi “Brentford”ga taklif bilan chiqqan, biroq ular rad javobini eshitishgan.

Nigeriyalik futbolchining APL klubi bilan amaldagi shrtnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” xavbekni 9 million evroga baholamoqda.

Oneka joriy mavsum Angliya Premer-ligasida bor yo‘g‘i 23 daqiqa o‘ynadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!