APL grandi Donnarumma bilan muzokara boshladi

  • 1 yanvar, 2021, 22:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Milan” darvozaboni Janluiji Donnarumma faoliyatini Angliya premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Jurnalist Saymon Fillipsning xabar berishicha, “Chelsi” vakillari italiyalik posbon bilan muzokaralarni boshlagan. Aslida London grandi dastlab, “Lill” darvozaboni Eduardu Mendini sotib olishni rejalashtirgan edi. Ammo keyinroq Donnarumma nomzodiga to‘xtalgan.

Donnarummaning “rossonerilar” bilan amaldagi shartnomasi yozda o‘z nihoyasiga etadi va shu sababli, u mavsum yakunlangach, boshqa jamoaga erkin agent sifatida tekinga ko‘chib o‘tishi mumkin.

21 yoshli Italiya terma jamoasi posboni joriy mavsum “Milan” safida 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 24 ta gol o‘tkazib yubordi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!