APL grandlari 23 yoshli frantsuz uchun raqobat olib bormoqda

  • 16 iyul, 2021, 22:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya premer-ligasining bir qator grand klublari “Lion” yarim himoyachisi Ussem Auarning xizmatlariga jiddiy qiziqish bildira boshladi.

23 yoshli frantsiyalik futbolchini «Manchester Yunayted», «Arsenal», «Liverpul» va «Tottenxem» klublari o‘z safida ko‘rishni istamoqda. Bu haqda ESPN xabar tarqatdi.

Mersisaydliklar Auarni ancha vaqtdan buyon kuzatib keladi. “Liverpul” uni PSJga o‘tgan Jorjino Veynaldum o‘rniga munosib nomzod deb hisoblamoqda.

Mankunianliklar esa Auarni boshqa bir frantsiyalik yarim himoyachi Pol Pogbaga o‘rinbosar sifatida qaramoqda.

Ammo “Tottenxem” va “Arsenal”ning bu boradagi e’tibori MYu va «Liverpul»nikidan ancha jiddiy deb baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!