APL grandlari "Monako" yulduzi uchun kurashadi
"Monako" yarim himoyachisi Lamin Kamara Angliya Premer-ligasi jamoalarining qiziqishini uygʻotdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning soʻzlariga koʻra, "Liverpul" va "Nyu-kasl" senegallikni diqqat bilan kuzatib bormoqda va bu yozda uni sotib olishni koʻrib chiqmoqda. "Transfermarkt" portali mutaxassislari 22 yoshli futbolchining narxini 35 million yevroga baholamoqda.
Bu mavsumda Kamara "Monako" safida barcha musobaqalarda 30 ta oʻyinda maydonga tushib, bitta gol urdi va toʻrtta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining fransuz grandi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.

Fikrlar