
APL klubi Azmunning "Lion"ga o‘tishiga to‘sqinlik qilmoqchi
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi hujumchisi Sardor Azmun uchun “Nyukasl” va “Lion” faol kurash olib bormoqda.
Frantsuz grandi eronlik futbolchini yozda tekinga qo‘lga kiritishni rejalashtirmoqda. Ular Sardorni joriy qishki transferlar davrida 3,6 million evro evaziga sotib olishni istashmayapti.
Daily Mail nashrining yozishicha, “qarg‘alar” ushbu vaziyatdan unumli foydalanib qolish uchun zudlik bilan Azmunni sotib olishmoqchi.
Joriy mavsumda Azmun "Zenit" tarkibida jami 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Rossiya chempioni bilan amaldagi shartnomasi olti oydan keyin yakuniga etadi. Futbolchining bozor narxi 25 million evroni tashkil qilmoqda.
Fikrlar