
APL klubi bilan shartnomasini bekor qilgan futbolchi A Seriya jamoasiga o‘tdi
Avstriyalik himoyachi Sebastyan Pryodl faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettiradigan bo‘ldi.
Klub rasmiy sayti tarqatgan xabarga ko‘ra 32 yoshli futbolchi “Udineze” bilan shartnoma imzolagan. Tomonlar o‘zaro 2021 yilga qadar tuzilgan kelishuvga imzo chekishgan.
Eslatib o‘tamiz, Pryodlning yanvarda “Uotford” bilan tuzilgan shartnomasini bekor qilgan edi. U faoliyati davomida “Shturm” (2006-2008) va “Verder” (2008-2015) safida to‘p surgan.
Fikrlar