
APL klubi murabbiy iste’foga chiqarish bo‘yicha chempionat tarixiga kirdi
"Uotford" Neyjel Pirson bosh murabbiylik postini tark etgani haqida rasmiy bayonot berdi. Endi jamoa bilan mavsumni Xeyden Mullis yakunlab qo‘yadigan bo‘ldi.
Shunday qilib, "Uotford" Premer-liga tarixida bir mavsumda uchta murabbiyni ishdan bo‘shatgan birinchi klub bo‘ldi. Bungacha klub Xaver Garsiya va Kike Floresga chiqish eshiklarini ko‘rsatgan edi.
36 turdan so‘ng turnir jadvalida 34 ochko bilan 17-o‘rinni egallab turgan "Uotford"ni xavfli zonadan ikki ochko ajratib turibdi. So‘nggi ikki turda klub "Manchester Siti" va "Arsenal" bilan bahs olib boradi.
Fikrlar