APL klubi "Real" asosiy himoyachisini olib ketmoqchi

  • 9 may, 18:29
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" himoyachisi Antonio Ryudiger sobiq jamoasiga qaytishi mumkin. "Deadline day live" xabar berishicha, "Chelsi" germaniyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. 

Tecno

Shartnomasi 2026 yilning yozigacha mo‘ljallangan Antonioning transfer narxi 24 million evroga baholanmoqda. Futbolchi joriy mavsumda madridliklar safida umumiy 49 ta bahsda maydonga tushib 3 ta gol va 1 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Bundan tashqari nemisning hisobida 7 ta sariq kartochka hamda 1 ta 6 o‘yinlik diskvalifikatsiyaga sabab bo‘lgan qizil kartochka mavjud.

Eslatib o‘tamiz, Ryudiger londonliklar safida 2017 va 2022-yillar orasida faoliyat olib borgan va klub safida 5 ta kubok yutishga muvoffaq bo‘lgan.

G‘ofurov Asqarbek

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!