
APL klubida 82 o‘yindan buyon britaniyalik futbolchilar gol ura olmayapti
Angliya Premer-ligasi 13-turida "Vulverxempton" "Chelsi"ni (2:1) qabul qilib, so‘nggi daqiqalarda kiritilgan gol evaziga g‘alabani ilib ketdi. "Bo‘rilar" safida gollarga Daniel Podense va Pedru Netu mualliflik qilishdi.
Opta nashri ma’lumotiga ko‘ra, Nunu Eshpritu Santush jamoasida so‘nggi 83 ta golni britaniyalik bo‘lmagan futbolchilar kiritmoqda. (avtogollar mustasno).
Bu ko‘rsatkich bo‘yicha "Arsenal" yaqqol etakchi hisoblanadi. Londonliklar safida britaniyalik bo‘lmagan futbolchilar 2005 yil oktyabridan 2008 yil fevraligacha ketma-ket 171 ta gol kiritgan.
Fikrlar