APL klublari kuchli uchlikda yoxud transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan jamoalar (top-10)

  • 6 sentabr, 2022, 16:05
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro sport tadqiqotlari markazi (CIES Football Observatory) Evropaning top-5 ligasi jamoalarining transferlar uchun sarflangan xarajatlar reytingini tuzib chiqdi.

Reytingdagi o‘rinlar bonus to‘lovlarini hisobga olgan holda amaldagi tarkib futbolchilarini xarid qilish bo‘yicha transferlarning umumiy miqdoriga qarab taqsimlandi.

Demak, hisob-kitoblarga ko‘ra, “Manchester Siti” transferlar uchun eng ko‘p – 1,064 milliard evro sarflagani ma’lum bo‘ldi. “Manchester Yunayted” 1,001 milliard evro bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Kuchli uchlikni boshqa ingliz klubi – “Chelsi” (881 million evro) yakunladi.

Top 10talikdan PSJ (847), “Liverpul” (777), “Real” Madrid (721), “Barselona” (626), “Arsenal” (534), “Tottenxem” (519) va “Atletiko” Madrid (502 million) kabi jamoalar ham kirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!