APL klublari transferlar uchun rekord summa sarflagan

  • 2 sentabr, 2022, 13:56
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun rasman Angliya Premer ligasida transfer oynasi yopildi.

Tecno

“BBC Sport” nashri xabariga ko‘ra, klublar transferlar uchun 1,9 milliard funt sterlingga sarflab, 2017 yilda qayd etilgan rekordni ortda qoldirdi (2017 yilda 1,4 milliard funt sterling sarflangan).

Shuningdek, musobaqada qatnashadigan 20 ta klubdan to‘qqiztasi 100 million funt sterlingdan ko‘proq mablag‘ sarfladi.

10 iyundan 1 sentyabrgacha davom etgan transfer oynasi chog‘ida 20 klubning umumiy xarajatlari o‘tgan yozdagi 1,1 milliard funt sterlingdan 67 foizga ko‘p bo‘lgan.

Bundan tashqari, Premer liga klublarining sof transfer xarajatlari birinchi marta 1 milliard funt sterlingdan oshdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, jamoalar 169 futbolchi bilan shartnoma imzolagan (2021 yil 148 ta, 2020 yil 132 ta futbolchi).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!