APL. Lemparddan "qoyilmaqom" natija! "Everton" yana mag‘lub bo‘ldi

  • 7 aprel, 2022, 01:31
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APL 19-turidan o‘rin olgan qoldirilgan uchrashuvda "Byornli" o‘z maydonida "Everton"ni qabul qildi. Mazkur bahsda mezbonlar 3:2 hisobida raqibdan ustun keldi. 

"Irischilar" tarkibida Risharlison dubl muallifiga aylandi. Qarama-qarshi tomonda Kollins, Rodriges hamda Korne gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 

Shu tariqa, mersisaydliklar 25 ochko bilan APL turnir jadvalida 17-o‘rinda qoladigan bo‘ldi. Muhim o‘yinda g‘alaba qozongan "Byornli" ochkolari sonini 24 taga etkazib oldi va "Everton"ni quvishda davom etmoqda. 

Ma’lumot uchun, Lempard boshchiligida "irischilar" 12 o‘yinning 8 tasida mag‘lub bo‘ldi. 



Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!