APL. "Liverpul" chempionlardek mavsum o‘tkazdi, ammo chempion bo‘la olmadi
APL 38-turidan o‘rin olgan "Liverpul" - "Vulverxempton" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 4-daqiqada Neto hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 20-daqiqa o‘tib, Mane muvozanatni tikladi. O‘yin tugashi arafasida Saloh "qizillar"ga g‘alaba keltirgan golga mualliflik qildi.
Shu tariqa, Klopp shogirdlari APL 2021/22 yilgi mavsumini ikkinchi o‘rinda yakunladi.
Fikrlar