
APL. "Liverpul" g‘alaba qozonib, "Siti"ga yaqinlashib oldi. Chempionlik masalasi so‘nggi turda hal bo‘ladi (turnir jadvali)
APL 37-turidan o‘rin olgan "Sautgempton" - "Liverpul" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 13-daqiqada Redmond hisobni ochgan bo‘lsa, 27-daqiqada Minamino muvozanatni tikladi. 67-daqiqa o‘tib borayotgan bir paytda Matip "qizillar" uchun muhim golni urishga erishdi.
Shu tariqa, Klopp shogirdlari ochkolari sonini 89 taga etkazib olgan holda, "Siti" bilan farqni bir ochkogacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. 15-pog‘onada borayotgan "Sautgempton" hisobida 40 ochko mavjud.
Fikrlar