
apl. manchester jamoalari g‘alabaga erishdi va boshqa natijalar
Amaldagi chempion - "Manchester Siti" bu tur safarda "Bornmut" bilan kuch sinashdi. "Vitaliti" stadionida kechgan uchrashuvda "shaharliklar" minimal hisobda raqibdan ustun kelishdi. Yagona golga Riyod Marez mualliflik qildi.
"Manchester Yunayted" esa "Old Trafford"da "Sautgempton" ustidan irodali g‘alabaga erishdi. Yan Valeri, Jeyms Uord-Prouzlar tomonidan kiritilgan gollarga Andreas Pereyra va Romelu Lukakular (2 ta gol) javob qaytarishdi.
Quyida shu va parallel ravishda kechgan boshqa bellashuvlarda qayd etilgan natijalar bilan tanishish imkoniga egasiz.
Fikrlar