APL. "Manchester Yunayted" 2023 yilni mag‘lubiyat bilan yakunladi

  • 31 dekabr, 2023, 00:29
  • 0
  • Futbol

APL 20-turidan o‘rin olgan "Nottingem Forest" - MYu bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. 

Dastlab, Dominges 64-daqiqada hisobni ochdi. 78-daqiqada esa Reshford muvozanatni tikladi. Oradan ko‘p o‘tmay, Gibbs-Uayt "o‘rmonchilar"ni yana hisobda oldinga olib chiqdi. 

31 ochkosi bor "qizil iblislar" ayni dam APL turnir jadvalida 7-o‘rinni band etib turibdi. 20 ochko to‘plashga muvaffaq bo‘lgan "o‘rmonchilar" esa 15-pog‘onadan joy olgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!