Kutilmagan xulosa: O‘zbekistonning jismoniy holati ko‘p jamoalardan ustun!

  • 13.06.2026 00:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

AQSh, Kanada hamda Meksika o‘zaro hamkorlikda mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati butun dunyodagi ishqibozlarning e’tiborini o‘ziga qaratmoqda.

Shu bilan birga futbol ekspertlari, murabbiylar, futbolchilar, mutaxassislar mundialda qatnashayotgag 48 mamlakat milliy terma jamoasi va o‘yinchilarining imkoniyatlarini baholab, o‘z fikr-mulohazalarini bildirayapti.

Xususan, Markaziy Osiyo va MDH hududidagi aksariyat mamlakatlar vakillari 2026 yildgi jahon chempionatida o‘z tarixida ilk bor mundialda qatnashayotgan O‘zbekiston milliy terma jamoasiga muxlislik qilayapti.

Xususan, Rossiya milliy terma jamoasida o‘ynagan mashhur futbolchi Denis Glushakov o‘zbek futbolchilarining tayyorgarligini yuqori baholadi.

- Eng qiziqi, Fabio Kannavaro ularga qanday o‘yin uslubini singdirishidir. O‘zbekiston terma jamoasida yoshlar ko‘proq va ular jismoniy jihatdan ko‘plab raqib terma jamoalarga nisbatan yaxshiroq tayyorgarlikka ega, deb hisoblayman.

Iqlim sharoiti ham ular uchun odatiy. Odil Ahmedov bilan yozishib turdik, u ham jamoa jahon chempionatiga tayyor ekanini ta’kidladi, — dedi  Denis Glushakov.

O‘zbekiston tarixida ilk bor jahon chempionatida ishtirok etayotganligi bois, futbol jamoatchiligi hali bu terma jamoaning imkoniyatlarini yaxshi bilmaydi.

O‘tgan yil oktyabr oyida O‘zbekiston milliy jamoasiga italyanlik mutaxassis Fabio Kannavaro bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

E’tiborli jihati shundaki, bundan yigirma yil muqaddam Fabio Kannavaro Italiya terma jamoasi sardori sifatida 2026 yildgi jahon chempionatida g‘olib chiqqan va o‘sha yili futbolchilarning eng nufuzli individual sovrini "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritgan edi.

Bu gal Kannavaro o‘z faoliyatida ilk bor mundialda bosh murabbiy sifatida  ishtirok etmoqda.

Uning shogirdlari guruh bosqichida Luis Dias va Hams Rodriges boshchiligidagi Kolumbiya, Krishtianu Ronaldu va Brunu Fernandesh yetakchiligidagi Portugaliya va jismonan baquvvat futbolchilardan tarkib topgan Kongo Demokratik Respublikasi terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini 18 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 7:00 da Meksikaning "Atsteka" stadionida Kolumbiya terma jamoasiga qarshi o‘tkazadi.

23 iyun kuni ikkinchi turda Fabio Kannavaro shogirdlari chempionat favoritlaridan hisoblangan Portugaliya futbolchilari bilan raqobatlanadi.

Guruhdagi oxirgi uchrashuv 28 iyun kuni Kongo Demokratik Respublikasi vakillari bilan bo‘lib o‘tadi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!