APL. "Manchester Yunayted" bir kishi ko‘p bo‘la turib, "Nyukasl"ga mag‘lub bo‘ldi
Angliya Premier-ligasining 29-turida "Manchester Yunayted" safarda "Nyukasl Yunayted"ga 1:2 hisobida yutqazdi.
Birinchi bo‘limning 46-daqiqasida maydon egalari yarim himoyachisi Jeykob Remzi jarima maydonida o‘zini tashlagani uchun ikkinchi sariq kartochkani olib, maydondan chetlatildi.
Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 6-daqiqada Entoni Gordon penaltini aniq amalga oshirdi. Qo‘shimcha daqiqalarning 9-daqiqasida esa Kazemiro hisobni tenglashtirdi.
90-daqiqada klub hujumchisi Uilyam Osula g‘alaba golini kiritdi.
Shu tariqa, Maykl Kerrik "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi sifatida ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Bunga qadar murabbiy 6 g‘alaba va bir durangdan iborat mag‘lubiyatsiz seriya qayd etgan edi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Nyukasl Yunayted
- Anthony Gordon 45'
- William Osula 90'
Tugadi
2
:
1
05.03.2026 01:15
Manchester Yunayted
- Casemiro 45'
Fikrlar