APL. "Manchester Yunayted" o‘z uyida qiyinchilik bilan "Nyukasl"ni taslim etdi
Angliya Premier-ligasining 18-turida Ruben Amorim boshqaruvidagi "Manchester Yunayted" o‘z uyida "Nyukasl"ni qabul qilib, minimal 1:0 hisobida zafar quchdi.
Qiyin kechgan bahsda manchesterliklar muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi. Bellashuvdagi yagona golga esa 24-daqiqada Patrik Dorgu "qarğalar" darvozasini ishg‘ol qilib, MYu safidagi ilk golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida, "qizil iblislar" ushbu g‘alaba orqali ochkolar sonini 29 taga yetkazib olib, 5-o‘ringa chiqib oldi va 4-o‘rindagi "Chelsi" bilan ochkolar bo‘yicha tenglashdi.
- Angliya - Premier Liga
- Joriy Mavsum
Manchester Yunayted
- Patrick Dorgu 24'
Tugadi
1
:
0
27.12.2025 01:00

Fikrlar