APL. "Manchester Yunayted" qiyin kechgan bahsda "Brayton"ni engdi
Angliya Premer-ligasining 9-turidan o‘rin olgan "Manchester Yunayted" - "Brayton" klublari ishtirokidagi bellashuv o‘z nihoyasiga etdi. Ruben Amorim shogirdlari o‘z uyida 4:2 hisobida zafar quchdi.
Dastlab, 24-daqiqada Kunya hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Keyin esa Kazemiro oradan 10 daqiqa o‘tib oradagi farqni 2 taga etkazib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limning 61-daqiqasida Brayan Mbyomo hisobni yanada yiriklashtirga edi. Biroq, 74-daqiqada Denni Uelbek jarima zarbasidan chiroyli kiritib, hisobni qisqartirdi. 90+2-daqiqada Kostulas Milnerning uzatmasini golga aylantirdi. Yozda jamoaga kelib qo‘shilgan Brayan Mbyomo 90+7-daqiqada dublni rasmiylashtirdi.



Fikrlar