
APL muzokaralari davom etmoqda, Xitoyda o‘tkazilish taklifi rad etildi
Angliya premer-ligasi mutasaddilari va klublari o‘rtasida mavsumni qayta tiklash uchun bir qancha takliflar ko‘rib chiqilmoqda.
Britaniya matbuotiga ko‘ra, APLni nomi tilga olinmagan klubi chempionatni koronavirus infektsisini engib o‘tgani xabar qilinayotgan Xitoyda o‘tkazish taklifi bilan chiqqan. Ammo APLning qolgan 19 klubi ushbu rejani ma’qullamagan.
Agar milliy birinchilikning qolgan turlarini bekor qilish varianti tasdiqlanandigan bo‘lsa, klublar televizon xuquqning o‘zidan 762 million funt yo‘qotishadi. Shu sabab barcha klublar chempionat davom ettirilishini xohlashmoqda.
Bugun tashkilot va klublar o‘rtasida muzokaralarning navbatdagi bosqichi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar