APL. MYu va "Vulverxempton" yirik hisobda zafar quchdi

  • 23 fevral, 2020, 20:56
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" o‘z maydonida "Uotford"ni qabul qildi va 3:0 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Gollarga Bruno Fernandesh, Antoni Marsyal va Meyson Grinvudlar mualliflik qildi. Shu tariqa, "qizil iblislar" hisobidagi ochkolar soni 41 taga etdi va 5-o‘ringa ko‘tarilib oldi. 24 ochkosi bor "asalarilar" esa 19-pog‘onadan joy olishgan.

Tecno


Parallel ravishda kechgan "Vulverxempton" - "Norvich" qarama-qarshilishida ham mezbonlar 3 ta to‘p farqi bilan zafar quchishdi. Diogo Jota dubl qayd etgan bo‘lsa, Raul Ximenes ham bir bor tabloga o‘z nomini yozdirib qo‘yishga erishdi. Bugungi g‘alaba natijasida "bo‘rilar" hisobidagi ochkolar soni 39 taga etdi va jamoa 8-o‘rindan mustahkam joy oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!