APL o‘yinlarini qachon ko‘ramiz?
Angliya premer-ligasi rahbariyati hamon koronavirus sabab to‘xtatilgan mavsumni yakunlash haqida bosh qotirmoqda.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, APL klublari o‘rtasida o‘tkazilgan videokonferentsiya yig‘ilishida mavsumni yakunlash bo‘yicha turli variantlar taklif qilingan. Ularning barchasida mavsum 8 iyundan keyin boshlanadi va o‘yinlar iyun, iyul hamda avgust oylarida o‘tkaziladi. Aytish kerakki, ayni damda premer-liga jamoalari mavsum oxirigacha 9 yoki 10 tadan o‘yin o‘tkazishlari lozim.
Shu bilan birga, hukumat mamlakatdagi vaziyat barqarorlashmagunicha APL o‘yinlari boshlanmasligini ham ma’lum qilgan. Britaniya hukumati mamlakatdagi karantin muddatini 7 maygacha uzaytirdi.

Fikrlar