APL rahbariyatidan kutilmagan yangilik

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliya Premer-ligasi mavsumni tiklashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Agar, jamoalar mashg‘ulotlarga qaytganlaridan so‘ng, o‘yinchilardan birida koronavirus infektsiyasi aniqlansa, klublar qanday yo‘l tutishlari hozircha noma’lum. Masala kelasi hafta muhokama qilinadi.

"The Telegraph" xabariga ko‘ra esa,  futbolchilardan birining koronavirus uchun testi musbat bo‘lsa, butun jamoani karantin qilishni rejalashtirmayapti. Ertaga start oladigan Janubiy Koreya K ligasi esa farqli o‘laroq, bunday holatda infektsiya yuqtirgan futbolchining va raqib jamoaning barcha a’zolarini 14 kunlik karantinga olinishini e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.

Agar, futbolchi mashg‘ulotlarga qaytib, musbat koronavirus testini topshirsa, u va uning oilasi 14 kunlik karantinga olinadi.

Futbolchi va klub xodimlari mashg‘ulotlar boshlanganidan so‘ng haftada ikki COVID-19 uchun test topshirishi kutilmoqda. APL 16 mayda start oladigan Bundesliga bahslari atrofidagi voqeliklarni ham diqqat bilan o‘rganib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!