
APL. "Tottenxem" EChLga yaqin, "Arsenal" yaxshi imkoniyatni qo‘ldan chiqardi (turnir jadvali)
APL 37-turidan o‘rin olgan "Nyukasl" - "Arsenal" bahsi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
56-daqiqada Uayt o‘z darvozasini ishg‘ol etgan bo‘lsa, o‘yin tugashiga kam vaqt qolgan bir paytda Gimaraesh farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi.
Shu tariqa Arteta shogirdlari hisobidagi 66 ochko o‘zgarmay qoldi. 46 ochkoga ega "qarg‘alar" 12-pog‘onani band etgan.
Fikrlar