APL uchrashuvlari 2021 yilgacha muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin
Angliya premer-ligasi uchrashuvlari koronavirus pandemiyasi tufayli uzoq muddat muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin.
The Mirror nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, APL o‘yinlariga joriy yil oxirigacha muxlislar kiritilmasligi kutilmoqda. Shundan ma’lum bo‘lmoqdaki, o‘yinlar nafat joriy mavsumning qolgan qismida, balki, yangi mavsumning yarmigacha ham muxlislarsiz o‘tkazilishi mumkin.
Aytish kerakki, hozirgi kungacha Britaniyada 74 mingdan ortiq inson koronavirusga chalingan. Ularning 10 mingga yaqini esa vafot etdi.

Fikrlar