
APL yakunlanayotgan mavsumining eng yaxshi yosh futbolchisi ma’lum (foto)
"Manchester Siti" futbolchisi Fil Foden APL 2021/2022 yilgi mavsumda eng yaxshi yosh futbolchi, deb topildi. U bu sovrinni qatorasiga ikkinchi marta qo‘lga kiritmoqda.
Foden bu mukofot yo‘lida Trent Aleksander-Arnold, Bukayo Saka, Meyson Maunt, Deklan Rays, Aaron Remsdeyl, Konor Gallager va Tayrik Mitchellni ortda qoldirdi.
Ma’lumot o‘rnida, Fil joriy mavsum APLdagi 27 bahsda 9 gol va 5 assistni o‘z nomiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar