APL yulduzlaridan birini "Bavariya"ga taklif qilishdi

  • 08.01.2020 10:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Londonning "Kristal Pelas" klubi vingeri Uilfrid Zaa faoliyatini Germaniya Bundesligasida davom ettirishi mumkin.

Sky Sport Deutschland nashri tarqatgan xabarga qaraganda 27 yoshli futbolchining agenti mijozining xizmatlarini nemis grandiga taklif qilgan. O‘z navbatida myunxenliklarda ham qanot hujumchisi sotib olish istagi mavjud. Biroq, ular Zaa uchun so‘ralayotgan 70-80 mln evroni to‘lashmoqchi emas

Ta’kidlash kerakki, Zaa uchun kurashda Londonning boshqa bir klubi – “Chelsi” favorit hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, Zaa joriy mavsum “Kristal Pelas” safida 22 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 3 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!