
APL. Zlatan va Pogba safga qaytgan bahsda MYu irodali g‘alabaga erishdi
Hozirgina Angliya Premer-Ligasi 12-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” hamda “Nyukasl Yunayted” jamoalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Unda mezbonlar uchrashuv avvalida gol o‘tkazib yuborgan bo‘lsalarda, yakunda 4:1 hisobidagi irodali, shu bilan birgalikda yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
E’tiborlisi, ushbu o‘yinda uzoq vaqtdan buyon jarohati sabab jamoaga yordam bera olmayotgan Pol Pogba hamda Zlatan Ibragimovichlar ushbu bahsda maydonda harakat qildi va jamoasining g‘alabasiga o‘zlarining munosib xissasini qo‘shishdi.
Angliya Premer-Ligasi. 12-tur
Manchester Yunayted – Nyukasl 4:1 (2:1, 2:0)
Gollar: 0:1 – 14 Geyl, 1:1 – 37 Marsyal, 2:1 – 45 Smolling, 3:1 – 54 Pogba, 4:1 – 70 Lukaku.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Lindelef, Valensiya, Yang, Mata (Errera, 83), Matich, Pogba (Fellayni, 70), Marsyal (Ibragimovich, 77), Reshford, Lukaku.
Nyukasl – Elliot, Klark, Mankilo, Yedlin, Lejen, Ritchi (Aarons, 66), Xeyden, Shelvi, Merfi, Geyl (Diame, 77), Xoselu (Mitrovich, 71).
Ogohlantirishlar: Xeyden (12), Smolling (67).
Fikrlar