APLda g‘alaba qozonish qiyinmi yoki Chempionlar ligasida?
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola APL va Chempionlar ligasidan qay birida g‘olib chiqish qiyinligi haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Premer-ligada g‘alaba qozonish Chempionlar ligasidan ko‘ra qiyinroq: ko‘p turlar, ko‘plab o‘yinlar, jarohatlar bilan kurashish, turli vaziyatlar. So‘nggi yillarda Premer-ligada g‘alaba qozonish - bu muvaffaqiyat. Bu Angliya kubogidagi kabi shunchaki bitta o‘yin emas. Bu erda sizga barqarorlik kerak.
Men Chempionlar ligasi muhim emas demayman, biz finalda o‘ynashni xohlardik. Lekin farq bor. 38 tur yoki etti uchrashuvdan keyin g‘alaba qozonish? Bu yoqimli va biz bunga yaqinmiz”, - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Chempionlar ligasi yarim finalida “shaharliklar” Madridning “Real” klubidan alamli tarzda mag‘lubiyatga uchrab, musobaqani tark etgan bo‘lsa, Premer-ligada so‘nggi tur oldidan 2-o‘rindagi “Liverpul”dan bir ochko oldinda bormoqda.

Fikrlar