"Shalke" klubining yangi bosh murabbiyi David Vagner bo‘ldi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Unga ko‘ra gelzenkirxenliklar 47 yoshli germaniyalik mutaxassis bilan 2019/2020 yilgi mavsum oxirigacha shartnoma imzolashgan.
Eslatib o‘tamiz, Vagner 1995-1997 yillarda "Shalke" safida futbolchi sifatida to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Vagner o‘zining murabbiylik faoliyatini 2011 yilda boshlagan. U dastlab "Borussiya" Dortmundning o‘rinbosarlar jamoasini boshqargan. Keyin esa Angliyaning "Xaddersfild" klubiga ustozlik qilgan.
Fikrlar