
APLni tark etgan ilk klub nomi ma’lum
APL 35-turidan o‘rin olgan "Aston Villa" - "Norvich" bahsi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 2:0 hisobida raqibdan ustun keldi.
Mag‘lubiyatga uchragan "kanareykalar" muddatidan avval Chempionshipga tushib ketadigan bo‘ldi. Ayni vaqtda ular hisobida 22 ochko mavjud. Ularni 17-o‘rinda borayotgan "Lids"dan 12 ochko ajratib turibdi.
Eslatib o‘tamiz, "Norvich" 2020-2021 yilgi mavsum Chempionship g‘olibi sifatida APLga qaytgandi.
Fikrlar