
APLning eng zo‘r himoyachisi so‘ngi uchta o‘yinda ikkita golga olib keluvchi xato qildi
Londonning “Arsenal” klubi markaziy himoyachisi Uilyam Saliba so‘ngi o‘yinlarda katta xatolarga yo‘l qo‘ymoqda.
"WhoScored" saytining ma’lumotlariga ko‘ra, 24 yoshli fransiyalik futbolchi so‘nggi uchta o‘yinda ikki marta golga olib kelgan xatoga yo‘l qo‘ygan. Bu ko‘rsatkich Salibaning avvalgi 126 uchrashuvidagi (1 ta) xatolaridan ham ko‘proq.
Joriy mavsumda Saliba barcha turnirlarda 46 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Himoyachining bu mavsumdagi o‘yini "to‘pchilar"ga juda katta foyda keltirmoqda. Mustahkam himoya tufayli London klubi joriy mavsum APLda eng kam gol o‘tkazgan klub bo‘lib turibdi. (29 ta o‘tkazilgan gol)
“Arsenal” navbatdagi o‘yinini 29-aprel kuni PSJga qarshi o‘tkazadi. Chempionlar ligasi yarim finalining birinchi bahsi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanishi kerak. Javob uchrashuvi esa 7 mayga belgilangan.
Fikrlar