
AQShda "Mustaqillik kubogi" bo‘ladi
Joriy yilning 15 sentyabr kuni AQShning Nyu-York shahrida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti maslahatchisi San’at Sharipov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqillik kuniga bag‘ishlab a’nanaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Mustaqillik kubogi” turniri bo‘lib o‘tadi.
Musobaqada AQShning 10ta shtatidan tashrif buyuradigan 12ta jamoa ishtirok etadi. E’tiborlisi, bu safargi musobaqada O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasi va Nyu-Yorkdagi konsullik idorasi, shuningdek, Birlashgan Millatlar tashkilotidan ham jamoalar ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Ta’kidlash kerakki, bundan avvalgi o‘tkazilgan dastlabki 2ta turnirda Nyu-Yorkning “Paxtakor” klubi zafar quchgan edi.
Fikrlar